Vatan haqida maqollar
Ayrilmagin elingdan,
Quvvat ketar belingdan.
***
Badqavm bo‘lsang bo‘l,
Beqavm bo‘lma.
***
Baliq suv bilan tirik,
Odam – el bilan.
***
Begona tuproq – devona tuproq.
***
Betkay ketar, bel qolar,
Beklar ketar, el qolar.
***
Bulbul chamanni sevar,
Odam – Vatanni.
***
Bulbulga bog’ yaxshi,
Kaklikka tog’.
***
Vatangado bo‘lguncha,
Kafangado bo‘l.
***
Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning taxti.
***
Vataning tinch – sen tinch.
***
Vatansiz inson – kuysiz bulbul.
***
Yigit g‘ami elida,
Elning g‘ami dilida.
***
Ona yurting – oltin beshiging.
***
Ona yurting omon bo‘lsa,
Rangi ro‘ying somon bo‘lmas.
***
Fil tushida Hindistonni ko‘rar.
***
O‘z uyim – o‘lan to‘shagim.
***
O‘z yurtingni qadri
O‘zga yurtda bilinar.
***
O‘z yurting – o‘lan to‘shaging,
O‘zga yurt bo‘lmas beshiging.
***
Har gulning o‘z isi bor,
Har elning o‘z tusi bor.
***
Har shaharning havosi boshqa.