Соченения uztoz mehri

0 голосов
108 просмотров

Соченения uztoz mehri


Оʻzbek tili (12 баллов) | 108 просмотров
Дан 1 ответ
0 голосов

                                           Ustoz mehri

Ustoz - o‘z qalb qo‘ri, ko‘z nurini, mehr-muhabbatini Vatan kelajagi uchun baxshida etgan, Vatanga har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli va sharafli vazifani zimmalariga olib, bu oliyjanob ishni sidqidildan bajarishga bel bog‘lagan buyuk kasb soxiblari.

    Ustoz, o‘qituvchi, muallim, murabbiy. Bu so‘zlar bir-birini aynan takrorlamasa-da, ma’no-mohiyati yaqin. Zamirida olam-olam ma’no mujassam. Eng avvalo, yozish va qanday o‘qishni o‘rgatgan inson — u!

     Darha­qiqat, barcha orzu-umidlari ro‘yobini, baxtini farzandlari kamolida ko‘radigan xalqimiz hamisha ustoz zotini ulug‘lab, ularga cheksiz hurmat-ehtiromini namoyon etib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

     Fidoyi, jonkuyar, sabr-matonatga boy, qalbi ezgulikka to‘la, nur-ziyo taratuvchi ustoz va murabbiylar mehri cheksizdir.

     O‘qish, yozishni bilgach, kitobga ixlos uyg‘otgan ham shu ustoz! Yaxshi o‘qisak, xursand bo‘lgan, a’lodan past bilsak, darhol yeng shimargan, yuragimizga qo‘l solib, yana ilm sari yo‘naltirgan-da shu birinchi ustozimiz!

    Haqiqatan ham, o‘quvchilarni o‘z farzandidek qabul qilib, mehr ko‘rsatib, ilm berishdek ulkan, zahmatli, oliyjanob vazifani ado etishda ustozlarning hissasi benihoya kattadir. O‘z umrini o‘zgalar yo‘lini oydin qilishga bag‘ishlagan ustoz va murabbiylarni mash’alaga qiyoslash mumkin.

Azaldan ustozni ulug‘lar xalqim,

Ularga ezgulik tilamoq haqqim.

Bunchalar buyuksiz, bunchalar zukko,

Umringiz mo‘jiza — yetmaydi aqlim.

(44 баллов)