Ona!
Bu tabarruk so‘zni aytish yoki eshitish bilan yuragimizda bexosdan cheksiz mehr paydo bo‘ladi. Va har safar vujudimizda onaning munis va mehribon siymosi aks eta boshlaydi. Tomirlarimizda samimiyat va yaxshilik daryoday jo‘sh uradi. Ona, deyish bilan tilimiz ham, dilimiz ham beqiyos insoniy mehr-muhabbatga, ezgulikka to‘lib-toshib boraveradi, boraveradi.