Men sevgan asar mavzusida esse yozing помогите пожалуйста!​

0 голосов
2.8k просмотров

Men sevgan asar mavzusida esse yozing помогите пожалуйста!​


Оʻzbek tili (12 баллов) | 2.8k просмотров
Дан 1 ответ
0 голосов

Ответ:

Odamning ich-ichidan sevgan, yoqtirgan bir asari, hikoyasi, ertagi boʻladi. Menga negadir tarixiy mavzudagi asarlar yoqadi. Balki bu mening dunyo taraqqiyotiga yuksak xissa qoʻshgan ajdodlarim hayotiga, yurtimiz oʻtmishiga boʻlgan qiziqishim tufaylidir. Ana shunday asarlardan biri shox va shoir temuriy sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi “Yulduzli tunlar” romani. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning bu asari har doim stolim ustida turadi. Boʻsh qoldim deguncha uni varaqlagim, buyuk vatandoshim taqdirini oʻrgangim kelaveradi. Mohir yozuvchi Pirimqul Qodirov bu asarni juda katta mehr va mahorat bilan yozgan. Uni oʻqir ekanman oʻrta asrlardagi Movoraunnahr, Andijon, Ahsi, hatto qadimiy Shosh koʻz oldimda bor boʻyi basti bilan gavdalanadi. Yurtimning oʻtmishda ham baʼzi soxta tarixchilar taʼriflagandek gʻarib emas, aksincha gullab yashnagan, ilmi urfon makoni boʻlganini his qilib yuragimda qandaydir fahrmi, quvonchmi uygʻonadi.

Объяснение:

Mana sizga "men sevgan asar" haqida matn

(62 баллов)